» » 2018-yili dunyo bo‘yicha mudofaa xarajatlari urushdan keyingi eng yuqori darajaga chiqishi taxmin qilindi

2018-yili dunyo bo‘yicha mudofaa xarajatlari urushdan keyingi eng yuqori darajaga chiqishi taxmin qilindi


Dunyo bo‘yicha mudofaa xarajatlari 2018-yilda sovuq urushdan keyingi eng yuqori darajaga chiqadi. IHS Markit konsalting kompaniyasining yillik hisobotida shunday taxmin qilingan. Bu haqda “Kommersant.ru”  xabar bermoqda.

Hisobotga ko‘ra, kelgusi yili mudofaaga xarajatlar 3,3 foizga oshib, 1,67 trillion dollarga yetadi va shu tariqa 2010-yilgi rekordni (1,63 trillion dollar) yangilaydi.

Bu AQShning yillik mudofaa xarajatlari 2008-yildan beri eng katta ko‘rsatkich — 4,7 foizga ortishi bilan bog‘liq. Qo‘shma Shtatlar mudofaa budjeti barcha mamlakatlar harbiy xarajatlarining 40 foizini tashkil etadi.

2017-yili AQSh mudofaa xarajatlari 642,9, Xitoyniki 192,5, Hindistonda esa 52,4 milliard dollarni tashkil etdi. Rossiya mazkur ro‘yxatda 47 milliard dollar bilan 6-o‘rinda turibdi.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют