» » Chevrolet Silverado yangilanib, “zo‘r va zamonaviy” pikapga aylandi (foto)

Chevrolet Silverado yangilanib, “zo‘r va zamonaviy” pikapga aylandi (foto)


Chevrolet kompaniyasi yangilangan Silverado pikapini namoyish etdi, ayni vaqtda, avtomobil haqida batafsil axborotni e’lon qilgani yo‘q. “Motor”ning yozishicha, pikapning to‘laqonli taqdimoti kelasi yil yanvarida Detroytda bo‘lajak avtosalonda tashkil etiladi.

Avtomobilning old qismi, kompaniya vakillarining ta’rifi bilan aytganda, “zo‘r va zamonaviy” darajada o‘zgargan. Silverado’da yorug‘lik diodli old asosiy chiroqlar va yangi radiator panjarasi paydo bo‘lgan. Orqa chiroqlar va zinapoya bilan integratsiya qilingan orqa bamper, shuningdek, katta qilib Chevrolet yozuvi tushirilgan bagaj bo‘lmasi qopqog‘i ham o‘zgargan.

Jamoatchilikka taqdim etilgan ilk suratlardagi avtomobil Trailbross modifikatsiyasiga mansub — bu 2019-yilgi model yiliga doir Silverado’ning sakkiz modifikatsiyasidan biridir. Bu modifikatsiyaning o‘ziga xosligi — klirensning (51 millimetrga) kattaligi va radiator panjarasi, g‘ildirak disklari va bamperlarning qora rangda ishlanganidadir.

Avtomobilga qanday dvigatellar o‘rnatilishi haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. Eski Silverado’larga hajmi 4,3 litr, quvvati 285 ot kuchiga teng V6, hajmi 5,3, 6,0 va 6,2 litr, quvvati — mos ravishda — 355, 360 va 420 ot kuchiga teng V8 motorlar o‘rnatilardi. Bundan tashqari, dvigatellar qatorida 455 ot kuchilik 6.6 dizel yurgizgich ham bor edi.

AQShda eski avlod Silverado’larining narxi 28,2 ming dollardan boshlanadi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют