» » Transfermarkt.de “Paxtakor” va Igor Sergeyevni O‘zbekistondagi eng qimmat klub hamda futbolchi deb baholadi

Transfermarkt.de “Paxtakor” va Igor Sergeyevni O‘zbekistondagi eng qimmat klub hamda futbolchi deb baholadi


Futbolchilarning taxminiy narxlarini taqdim etishi bilan mashhur bo‘lgan Transfermarkt.de portali o‘zbekistonlik futbolchilarning jahon bozorida qancha turishi haqidagi ma’lumotlarini yangiladi.

Shundan kelib chiqib, mamlakat Oliy Ligasi klublarining ham umumiy narxi kelib chiqdi. “Qo‘qon-1912” klubi matbuot xizmati chempionatdan chetlashtirilgan “Obod”dan boshqa barcha klubning umumiy narxini hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra, futbolchilarining umumiy narxi borasida Toshkentning ikki grandi — “Lokomotiv” va “Paxtakor” teng ko‘rsatkichga ega.

Matbuot xizmati har bir klubning eng qimmat futbolchilariga ham e’tibor qaratgan. Unga ko‘ra, “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeyev ichki chempionatda to‘p suradigan eng qimmat o‘zbekistonlik ekanini ko‘rish mumkin. Uning narxi jamoadoshi — chernogoriyalik Marko Simichniki bilan teng.

“Nasaf” umumiy narx borasida “Bunyodkor”ni ortda qoldirgan. “Qaldirg‘ochlar” xuddi Oliy Ligada to‘rtinchi bo‘lgani kabi, umumiy narxda ham shu ko‘rsatkichni takrorlab turibdi. “Navbahor” klubi umumiy narx borasida “Buxoro”, “Qo‘qon-1912”, “Olmaliq” va “Mash’al”dan oldinda bo‘lmasa ham, chempionatni 5-o‘rinda yakunlay olgani diqqatga sazovor.

Quyida eng qimmat klublar va ayni bir klub safidagi eng qimmat futbolchilar ro‘yxati keltirilgan.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 09:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют