» » Pekindagi O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida 33 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Pekindagi O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida 33 mln dollarlik shartnomalar imzolandi


19-dekabr, dushanba kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi doirasida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida jami 33,36 million dollarlik yettita bitim imzolandi. Bu haqda “Daryo” sharhlovchisi Baxtiyor Nasimov Xitoydan xabar qilmoqda. Bular investitsiyaviy loyihalar, eksport va import shartnomalari, turizm sohasidagi hamkorlik haqida kelishuvlar va ikkita zavod qurilishi haqidagi shartnomalardir.

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkor Baxtiyor Pardayev xitoylik sheriklar bilan ikkita zavod qurilishi bo‘yicha shartnomalar tuzdi, bular faol ohak hamda sulfat va natriy sulfidi ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlardir.

Ikki mamlakat biznesmenlari navbatdagi uchrashuvni Shanxayda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston-Xitoy biznes forumlari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil mayidagi Xitoyga tashrifi chog‘ida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha Amaliy harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”)ning 13-bandini ijro etish doirasida o‘tkazilmoqda.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 09:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют