» » O‘zbekiston Qahramoni, hunarmand Abdug‘ani Abdullayev vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni, hunarmand Abdug‘ani Abdullayev vafot etdi


O‘zbekiston Qahramoni, mohir hunarmand, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Abdug‘ani Abdullayev shu yil 18-dekabr kuni vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uning vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev va boshqa rasmiy shaxslar hamdardlik bildirdi.

Abdug‘ani Abdullayev 1953-yilda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida usta-hunarmandlar oilasida tug‘ildi.

Xususan, Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy, Buxoro viloyatidagi Bahouddin Naqshband maqbaralari yodgorliklarini qayta tiklashda, Toshkent shahridagi Xotira xiyoboni majmuasi, Qatag‘on qurbonlari muzeyi, Farg‘ona viloyatidagi Burhoniddin Marg‘inoniy majmuasini bunyod etishda noyob yog‘och o‘ymakorligi ishlarini bajarib, o‘zining yuksak mahoratini namoyon etdi.

Abdug‘ani Abdullayev yog‘och o‘ymakorligining ko‘p asrlardan buyon saqlanib kelayotgan qadimiy va noyob turlarini kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida ustoz-shogird an’analarini izchil davom ettirib, milliy hunarmandchilik sirlarini 600 nafardan ortiq yoshlarga o‘rgatdi.

Shuningdek, faoliyati davomida yo‘qolib ketayotgan noyob naqsh turlarini tiklash, yangi uslublarni amaliyotga joriy etish ishlarida ham fidoyilik namunasini ko‘rsatdi.

Abdug‘ani Abdullayevning milliy hunarmandchilik san’atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi, O‘zbekiston Qahramoni unvonlari bilan mukofotlangan edi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют