» » Yavlinskiy Putin bilan Ukraina bo‘yicha uchrashuvi haqida gapirib berdi

Yavlinskiy Putin bilan Ukraina bo‘yicha uchrashuvi haqida gapirib berdi


Rossiyaning “Yabloko” partiyasi asoschilaridan biri Grigoriy Yavlinskiy “Dojd” telekanaliga bergan intervyusida yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida gapirib berdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Uning asosiy mazmunini Yavlinskiy quyidagicha ifodaladi: “Ukrainadagi urushni tugatish kerak”. Masalani kim bu tarzda qo‘yganiga siyosatchi aniqlik kiritmadi, “biz gaplashib oldik”, — dedi xolos.

Putinning tashabbusi bilan uyushtirilgan uchrashuvda u Rossiya Ukrainadagi nizo tomonlaridan biri ekanligini tan olmagan. “U aytmadi, balki men unga aytdim”, — dedi siyosatchi. Uning talqiniga ko‘ra, prezident Ukrainadagi nizoni “tugatish kerakligi”ga qo‘shilgan, ammo u yerda “urush” borayotganini baribir e’tirof etmagan.

Yavlinskiyning fikricha, Putin Rossiyadagi vaziyat “porox solingan bochka”ni eslatishini anglamayapti. Hatto anglagan taqdirda ham, prezident chiqarayotgan xulosalarni Yavlinskiy to‘g‘ri deb hisoblamagan bo‘lardi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют