» » Toshkentda ikki ekranli Meizu Pro 7 smartfoni 2,8 mln so‘mdan sotila boshladi

Toshkentda ikki ekranli Meizu Pro 7 smartfoni 2,8 mln so‘mdan sotila boshladi


O‘zbekistonda Meizu kompaniyasining top-smartfoni — Pro 7 modeli sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.

Yangi qurilma Germaniya va Amerikaning Frog Design qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan original dizayni bilan farqlanadi. Unga muvofiq, smartfonning orqa paneliga qo‘shimcha displey o‘rnatildi, unda faqat eng muhim bildirishnomalar aks etadi. Bundan tashqari, uning yordamida kameraning qo‘sh modulida selfi olish mumkin. Qo‘shimcha ekran AMOLED texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan va 1,9 dyuymlidir.

Meizu Pro 7 har biri 12 megapikselli asosiy qo‘sh kamera, 16 megapikselli old kamera, MediaTek Helio P25 / Helio X30 protsessori, 4 Gb tezkor va 64 Gb / 128 Gb doimiy xotira, 5,2 dyuymli asosiy ekran, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Toshkentdagi “Fleshka” (“Malika”) savdo majmuasida Meizu Pro 7 ning 64 gigabaytlik versiyasi 2,8 million so‘m, 128 Gb versiyasi esa — 3,6 million so‘mdan sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют