» » BMT va O‘zbekiston hukumati ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilmoqda

BMT va O‘zbekiston hukumati ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilmoqda


2016-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonalari va O‘zbekiston hukumati birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida ishchi guruhini tashkil qilgan edi, deb xabar beradi YuNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasi matbuot xizmati.

18-dekabr kuni YuNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasida mazkur guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Resurslarni yanada samarali birlashtirish maqsadida birinchi bor bunday yig‘ilishda donor tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etdi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha hukumat siyosati va tashabbuslarini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va dialogni yanada oshirish muhimdir. Bu donorlar faoliyatini ham yaxshiroq muvofiqlashtirish imkoniyatini beradi.

Sasha Graumann, YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari va ishchi guruhining hamraisi

Yig‘ilish ishtirokchilari 2016—2017-yillarga mo‘ljallangan tadbirlarning natijalarini ko‘rib chiqib, ularni qoniqarli deb baholadi. Bu hukumat va O‘zbekistondagi BMT vakolatxonalari aholining eng zaif guruhlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor namoyish etishini ta’kidladi.

2016—2017-yillarga mo‘ljallangan ish rejasi BMTning O‘zbekiston hukumatiga bir qator sohalarda ko‘rsatayotgan yordamini qamrab oladi. Nogironligi bo‘lgan insonlarning ahvolini tahlil qilish uchun tadqiqot o‘tkazish, moliya resurslarini boshqarish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishdagi ko‘mak, oilalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari modellarini tadbiq etish, yolg‘iz qariyalar ehtiyojlarini baholash standartlarini, shuningdek qiyin hayotiy sharoitdagi ayollar va bolalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish shular jumlasiga kiradi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют