» » Massachusetsda yashovchi Devid Rayt IShIDni qo‘llab-quvvatlagani uchun 28 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Massachusetsda yashovchi Devid Rayt IShIDni qo‘llab-quvvatlagani uchun 28 yil qamoq jazosiga hukm qilindi


AQShning Massachusets shtatida yashovchi 28 yoshli Devid Rayt IShIDni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat hududida teraktlar rejalashtirishda aybdor deb topilib, 28 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Rayt umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi, biroq Boston sudi unga nisbatan yengilroq jazo tayinladi.

Tergovga ko‘ra, Rayt, uning tog‘asi Usoma Abdulla Rahim va sheriklari Nikita Rovinski 2015-yili Texas shtatida Muhammad payg‘ambarga (s.a.v) karikaturalar namoyish etilgan konferensiyada ishtirok etgan Pamela Gellerni “o‘ldirmoqchi va boshini tanasidan judo etmoqchi” bo‘lgan. Ammo mazkur hujum amalga oshirilmadi. 

Usoma Abdulla Rahim 2015-yili Bostonda politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Raytga qarshi ko‘rsatma bergan Nikita Rovinski ayni paytda sud hukmini kutmoqda. Prokuratura unga 15 yil qamoq jazosi berilishini talab qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют