» » Xitoy 2017-yilda kompyuter o‘yinlarini xorijga sotishdan 8,2 mlrd dollardan ortiq daromad topdi

Xitoy 2017-yilda kompyuter o‘yinlarini xorijga sotishdan 8,2 mlrd dollardan ortiq daromad topdi


Xitoylik kompyuter o‘yinlari yaratuvchilari so‘nggi 12 oy ichida dunyo bozorida salkam 55 milliard yuan (8,2 milliard dollar atrofida) daromadga ega bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Bu o‘tgan yilga nisbatan 14,5 foizga ko‘p deganidir.

“Xitoylik ishlab chiqaruvchilar kompaniya hajmidan qat’i nazar xorijga chiqishga urinmoqda. Xitoylik ayrim ishlab chiqaruvchilar mahsulot eksporti hajmini kengaytirish usuli bilan dunyo bozoriga intilmoqda, boshqalari esa xalqaro maydondagi o‘rnini xorijiy hamkorlarni jalb etish yo‘li bilan mustahkamlashga harakat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, Xitoy onlayn-o‘yinlar dunyo bozorida muhim ahamiyatga ega. So‘nggi paytlarda Xitoy o‘yinlari Rossiya, Koreya, Yaponiya, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo, shuningdek Yevropa mamlakatlarida ommalashmoqda.

Xitoy hukumati tahlilchilarining fikricha, xorijiy auditoriyada mamlakatda yaratilgan King of Glory o‘yini katta qiziqish uyg‘otgan.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют