» » Yaponiyaliklar KXDR, Xitoy, Rossiya va AQShni asosiy harbiy tahdidlar deb hisoblaydi

Yaponiyaliklar KXDR, Xitoy, Rossiya va AQShni asosiy harbiy tahdidlar deb hisoblaydi


Yaponiya fuqarolari ularning mamlakatiga harbiy tahdid KXDR, Xitoy, Rossiya va AQSh tomonidan yuzaga kelishi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda Yomiuri gazetasi va Gallup ijtimoiy xizmatining Yaponiya va AQShda o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari guvohlik beradi, deb yozadi “TASS”.

Qaysi mamlakat yoki hudud Yaponiya uchun harbiy tahdid yuzaga keltirishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytargan so‘rovnoma ishtirokchilarining 83 foizi KXDR, 67 foizi Xitoy, 50 foizi esa Rossiyani ko‘rsatgan. Ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnidan 31 foiz ko‘rsatkich bilan AQSh joy oldi. Undan keyingi o‘rinni 30 foiz ovoz bilan Janubiy Koreya egalladi.

AQShda esa shu savolga javob bergan so‘rovnoma ishtirokchilarining 82 foizi xuddi Yaponiya kabi asosiy tahdid KXDR tomonidan yuzaga kelishi mumkin deb hisoblaydi. Biroq bu ro‘yxatda Xitoy to‘rtinchi o‘rindan joy oldi (51 foiz). Amerikaliklar uchun harbiy tahdid ro‘yxatining ikkinchi o‘rnidan Yaqin Sharq (63 foiz), uchinchi o‘rnidan esa Rossiya (55 foiz) joy olgan. Yaponiya va Janubiy Koreya esa 21 foiz ovoz bilan ro‘yxatning oltinchi o‘rnini egalladi.

Dunyo hamjamiyati KXDR yadro sinovlari va raketa parvozlarini to‘xtatish uchun qaysi usulni qo‘llashi lozimligi haqidagi savolga 52 foiz yaponlar bosim, 40 foizi muzokaralarni tanlagan bo‘lsa, AQShda ushbu raqamlar tegishli ravishda 56 va 37 foizni tashkil etdi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют