» » Unumdorlikni oshirish uchun 6 ta oddiy va amaliy maslahat

Unumdorlikni oshirish uchun 6 ta oddiy va amaliy maslahat


Shubhasiz, siz bu maslahatlarni ko‘p eshitgansiz, lekin ularni yana bir marta eslash ortiqchalik qilmaydi. Ular hayotingizni hamma sohalarda yaxshilashga yordam beradi.

Yig‘ilishga beshtadan ortiq odam taklif qilmang va 30 daqiqadan ko‘pga cho‘zmang. Yig‘ilish oxirida albatta keyingi qilinadigan ishlar ko‘rib chiqilishi kerak, aks holda bu majlisning oshxonadagi suhbatlardan farqi bo‘lmaydi.

Agar har bir bandga dedlayn qo‘yilgan bo‘lsa, ishlar ro‘yxati juda foydali bo‘ladi. Aks holda bu qachondir bajarilishi kerak bo‘lgan uzundan-uzoq ishlar ro‘yxatiga aylanib qoladi.

Hamma xabarlarni to‘xtatib qo‘ying va ijtimoiy tarmoqlarga kiradigan aniq bir vaqtni belgilang. Agar buni amalga oshirmasangiz, siz xabarlarning yopiq doirasiga tushib qolasiz.

Qiyin qismini keyinga qoldirmang, uni darrov bajaring. Shunda kunning qolganini o‘tkazish yoki ishning qolgan qismini qilish ancha osonroq bo‘ladi. Bunday yondashish prokrastinatsiyani yengishga yordam beradi.

Uyquni qurbon qilish bilan siz o‘z maqsadingizga yaqinlashmaysiz. Agar sizga 8 soat uyqu zarur bo‘lsa, lekin 6 soat uxlagan bo‘lsangiz, unda sizning kunduzgi ishingiz unumli bo‘lmaydi. Balki siz ish kuniga 2 soat qo‘shgan bo‘lishingiz mumkin, lekin ishning sifatidan ancha ko‘prog‘ini yo‘qotgan bo‘lasiz. Buning ustiga salomatligingizga ham zarar yetkazasiz.

Ba’zan biz mayda ishlarga shunchalik o‘ralashib ketamizki, haqiqatda muhim bo‘lgan ishlarni unutib qo‘yamiz va vaqtning qanday o‘tganini sezmay qolamiz. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlarning aniq ro‘yxatini tuzing.

Manba: “Layfxaker”

Опубликовано: admin (20-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют