» » Tennischi Anna Kurnikova qo‘shiqchi Enrike Iglesiasga egizak farzandlar tug‘ib berdi

Tennischi Anna Kurnikova qo‘shiqchi Enrike Iglesiasga egizak farzandlar tug‘ib berdi


Jahonning sobiq sakkizinchi raketkasi Anna Kurnikova shou-biznesning mashhur vakili Enrike Iglesiasga egizak farzandlar tug‘ib berdi. Bu haqda “Sports.ru” TMZ nashriga asoslanib xabar berdi.

Manbaning xabar berishicha, yulduzli juftlik o‘z farzandlariga Nikolas hamda Lyusi ismini bergan. Anna va Enrike hozirgacha rasman turmush qurib ulgurmagan. Biroq ular 2001-yildan buyon birga hamda manbaning qayd etishicha, doimiy ravishda jamoatchilik e’tiboridan chetda bo‘lishga intiladi.

36 yoshli Kurnikova hamda 42 yoshli Iglesias oilasi haqida yaxshi biladigan Ana Boyer ham egizaklar borasidagi ma’lumotni tasdiqlagan. Qo‘shiqchining singlisidek bo‘lgan Boyer yaqindagina jahonning sobiq yettinchi raketkasi Fernando Verdaskoga turmushga chiqqandi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют