» » AQSh Davlat kotibi Janubiy Koreyadagi Olimpiada davomida harbiy mashg‘ulotlar bekor qilinishi haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi

AQSh Davlat kotibi Janubiy Koreyadagi Olimpiada davomida harbiy mashg‘ulotlar bekor qilinishi haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi


AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Janubiy Koreyada qishki Olimpiada o‘tkazilishi davomida osiyolik sheriklar bilan hamkorlikdagi harbiy mashqlar bekor qilinishi haqida unga ma’lum emasligini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. 

“Sheriklarimiz — Janubiy Koreya va Yaponiya bilan ancha oldin rejalashtirilgan harbiy mashg‘ulotlar bekor qilinishi haqida menga ma’lum emas. Ular ko‘p yillardan beri o‘tkazib kelinadi va bu haqda oldindan xabar beriladi”, — dedi Tillerson.

AQSh Davlat kotibi shu tariqa Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning Olimpiada o‘tkazilishi davomida KXDR tomonidan provokatsiyalar oldini olish maqsadida mashg‘ulotlar muddatini ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqilayotgani haqidagi bayonotiga izoh berdi. 

Опубликовано: admin (20-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют