» » Senatorlar davlat budjetiga oid masalalarni muhokama qildi  

Senatorlar davlat budjetiga oid masalalarni muhokama qildi  


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masalani muhokama qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2018-yilga mo‘ljallangan soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida soliq yukini yanada qisqartirish va soliq hamda majburiy to‘lovlar miqdorini kamaytirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan xarajatlar ustuvorliklari saqlab qolinmoqda. Xususan, ijtimoiy sohani moliyalashtirishga 34,7 trillion so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi.

Davlat budjetining sog‘liqni saqlash sohasiga xarajatlari 9,6 trillion so‘mni tashkil etadi. Bu joriy yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 31 foiz ko‘p demakdir.

Davlat budjet muassasalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uchun budjet xarajatlari 2018-yil 2,5 barobarga ko‘paytiriladi.

Davlat dasturlarini amalga oshirishga 8,5 trillion so‘m yo‘naltirish taklif etilmoqda. Jumladan, 2017—2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida 815 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bu 2017-yildagiga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir. Shundan 193 milliard so‘m xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan.

48 ta oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga 559,1 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga takliflari chog‘ida berilgan topshiriqlar va Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarga asosan 296 tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlariga 753,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Senatorlar ushbu masalani atroflicha muhokama qildi va ma’qulladi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют