» » Xonanda Xojiakbar Rahmatov 52 yoshida olamdan o‘tdi

Xonanda Xojiakbar Rahmatov 52 yoshida olamdan o‘tdi


Iste’dodli xonanda va “Shuhrat” medali sohibi Xojiakbar Rahmatov kuni kecha olamdan o‘tdi. Xonanda shu kunga qadar O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining “Navbahor” ashula va raqs ansambli oliy toifali xonandasi sifatida faoliyat yuritgan, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Xonanda 1965-yilning 11-aprelida Toshkent shahrida tavallud topgan. Xojiakbar Rahmatov 3 nafar o‘g‘il va 1 ta qizning otasi edi.

Uning ijodi serqirra bo‘lib, aksariyat qo‘shiqlari ona-vatanga, zaminga muhabbat, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga bag‘ishlangan. Faoliyati davomida Malayziya, Turkiya, Hindiston, Ukraina, Germaniya mamlakatlarida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati kunlari” gastrol safarlarida bo‘lib, o‘zbek san’atini jahon xalqlariga yaqindan tanishtirgan. U ijro etgan “Zilolikda”, “Sochingni mayda o‘rgin”, “Eshigingni bilmay ochdim”, “Zebo qiz” qo‘shiqlar el yurt orasida olqishlarga sazovor bo‘lgan.

Ansambldagi faoliyatida ustoz san’atkor sifatida san’atni rivojlantirish, yosh xonandalarning professional mahorati va tajribasini oshirish bilan birga ona yurtga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning iste’dodlarini rivojlantirish borasida talabchanlik va jonkuyarlik bilan mehnat qilgan.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют