» » 2018-yilda O‘zbekistonda taksichilar patent asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin

2018-yilda O‘zbekistonda taksichilar patent asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin


Jismoniy shaxslarga 2018-yildan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berilishi mumkin.

Bu haqda O‘zbekiston Senatining 13-yalpi majlisida ma’ruza qilgan bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ushbu tartib tegishli litsenziya olgan, o‘rindiq joylari 4 (to‘rt) yo‘lovchidan ortiq bo‘lmagan taksilarga nisbatan tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Vazirning ta’kidlashicha, mazkur taklif Prezidentning soliqlar yig‘uvchanligini oshirish, daromadlarini legalizatsiya qilish, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash doirasida bergan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют