» » Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Toshkent viloyatida sayyor qabullar o‘tkazdi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Toshkent viloyatida sayyor qabullar o‘tkazdi


18—19-dekabr kunlari Toshkent viloyati aholisi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan “Sud-huquq tizimlarida korrupsiya va xizmat mavqeyini suiiste’mol qilishga qarshi kurash, adolatli jamiyat qurishda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muammolari” mavzusida sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur qabulda jami 2 ming 81 nafar fuqarolardan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, ichki ishlar organlariga qayta tiklash va boshqa masalalarga oid murojaatlar qabul qilindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda ishtirok etgan jami 666 nafar fuqarolardan 614 nafari turli masalalar bilan murojaat etgan. Shundan 214 tasi ichki ishlar organlariga taalluqli bo‘lib, murojaatlarning 47 tasi joyida hal etildi, 167 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi.

“Fuqarolarning mazkur murojaatlari batafsil o‘rganib ko‘rib chiqiladi va qisqa muddatlarda qonunda belgilangan tartibda qonuniy qarorlar qabul qilinadi hamda bu haqda albatta ariza mualliflariga ma’lum qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют