» » Bosh prokuraturada Belarus tergov qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuraturada Belarus tergov qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev Belarus Respublikasi tergov qo‘mitasi raisi Ivan Noskevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda mehmonlarga O‘zbekistonda olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlar, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, so‘nggi davrda tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv institutlarini takomillashtirish, tergov jarayonida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini kafolatlashga qaratilgan qonunchilikdagi yangi tartib va tashabbuslar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlarining jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha faoliyati va ushbu jarayonga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida fikr va tajriba bilan almashdi.

O‘z navbatida Belarus Respublikasi tergov qo‘mitasi raisi Ivan Noskevich bo‘lib o‘tgan muloqotdan mamnunligini izhor etib, samimiy qabul uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda ushbu uchrashuvning huquqiy sohada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanib, unda jinoyatchilikka, ayniqsa, uning uyushgan va transmilliy ko‘rinishlariga qarshi samarali kurashish hamda boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik olib borish belgilandi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют