» » 2018-yilda O‘zbekistonda milliy iqtisodiyot 5,9 foizga o‘sadi  

2018-yilda O‘zbekistonda milliy iqtisodiyot 5,9 foizga o‘sadi  


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisidagi ma’ruzasida joriy yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 5,5 foizga o‘sishi kutilayotganini ma’lum qildi. Bunda sanoat mahsulotlari hajmi 5,7 foiz, chakana savdo aylanmasi 5,2 foiz o‘sishi prognoz qilinmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

2017-yilda tovar va xizmatlar eksporti hajmi 14,4 foizga o‘sishi va yil yakuniga qadar 13,9 milliard dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda. Bunda ijobiy saldo 854 million dollarni tashkil etadi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yilda milliy iqtisodiyotning 5,9 foizga o‘sishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, kelgusi yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,4 foiz, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish 4 foiz, kapital quyilmalar 6,5 foiz, chakana savdo aylanmasi 5,6 foiz, xizmat ko‘rsatish 7 foizga o‘sadi.

Eksport hajmi 2018-yilda joriy yildagidan 7,2 foizga ko‘payib, 14,9 milliard dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют