» » Ilon Mask tasodifan telefon raqamini Twitter’ga joylashtirdi

Ilon Mask tasodifan telefon raqamini Twitter’ga joylashtirdi


Tesla va SpaceX kompaniyasining asoschisi Ilon Mask yanglishib telefon raqamini Twitter’ga joylashtirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

Tvitni Maskning barcha obunachilari (16,7 million kishi) ko‘rishi mumkin edi, biroq u raqamni tezda o‘chirdi.

Bloomberg Mask tvitida ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘ldi. Chaqiruvchi signaldan so‘ng avtomatik javob qaytarish tizimi ishga tushgan va God of War videoo‘yinidan parcha yangragan.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, Mask Oculus kompaniyasi texnik direktori Jon Karmakka xabar yubormoqchi bo‘lgan. Karmak virtual reallik texnologiyalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. “Gaplashishga soniyang bormi? Mening raqamim…”, — deb yozadi Mask tvitida.

Maskning xatosi u ehtimol Karmakni o‘z kompaniyasiga taklif qilmoqchi yoki Oculus bilan hamkorlik ehtimolini muhokama qilmoqchi bo‘lgani haqidagi shubhani yuzaga keltirdi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют