» » Saratovda rossiyalik qizni zo‘rlagan O‘zbekiston fuqarosi 10 yilga qamaldi

Saratovda rossiyalik qizni zo‘rlagan O‘zbekiston fuqarosi 10 yilga qamaldi


Rossiyaning Saratov shahrida 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 22 yoshli rossiyalik qizni zo‘rlagani uchun sudlandi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.

Aytilishicha, bir oycha muqaddam shaharga kelgan yigit 12-sentabr kuni mahalliy qizdan bir manzilni so‘ragan. So‘ng ertalabki soatda ko‘cha bo‘shligidan foydalanib, u qizni kaltaklagan hamda uning yonidagi 1600 rubl pul bilan 9 ming rubl qiymatdagi taqinchoqlarni o‘g‘irlagan.

Ammo jinoyatchi bu bilan cheklanmay, jabrlanuvchini zo‘rlagan ham. Shundan so‘ng u voqea joyidan qochib ketgan, ammo tez orada politsiya tomonidan ushlangan.

Genetik materialni o‘rganish asosida u 2015-yil 23-iyunida sodir etilgan jinoyatga ham aloqadorligi aniqlangan. O‘shanda bir xonadondan uchta mobil telefon hamda 11500 rubl pul o‘g‘irlangan edi.

Nomi keltirilmayotgan erkak sud hukmi bilan 10 yilga qamaldi. U jazo muddatini umumiy rejimdagi koloniyada o‘taydi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют