» » Shavkat Mirziyoyev Xitoy mudofaa vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy mudofaa vazirini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni mamlakatga tashrif bilan kelgan XXR Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri Chan Vansyuanni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, turli darajadagi aloqalar faollashib, samarali hamkorlik mustahkamlanayotgani mamlakatlar o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari jadal sur’atlarda izchil rivojlanishiga xizmat qilayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Joriy yil may oyida Xitoyga oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuv va imzolangan shartnomalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xitoy mudofaa vaziri Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, XXR raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Chan Vansyuan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari salohiyati va mudofaa qobiliyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, Xitoy tomoni bu sohada o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют