» » Nyu-Yorkda Xanuka bayramini nishonlagan yahudiylar oilasida yuzaga kelgan yong‘in 4 kishining umriga zomin bo‘ldi

Nyu-Yorkda Xanuka bayramini nishonlagan yahudiylar oilasida yuzaga kelgan yong‘in 4 kishining umriga zomin bo‘ldi


Nyu-Yorkdagi uyida ro‘y bergan yong‘in oqibatida ona va uning uch nafar bolasi halok bo‘ldi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda. 

Yong‘inga oila boshlig‘i Yozef Azan tomonidan yoqilgan xanukiya sabab bo‘ldi. U turmush o‘rtog‘i va 6 nafar bolasi yahudiylar bayrami — Xanukaning oltinchi kechasini nishonlagandi. Uxlashdan avval olovni o‘chirmaganlari sababli parda alanga oldi, so‘ng olov divan va gilamga tutashdi.

Uyg‘onib ketgan Yozef 16 yoshli qizi Shalit va 15 yoshli o‘g‘li Danielni qutqarishga ulgurdi. Ular yuqori qavatdan o‘zini pastga otdi va og‘ir holatda kasalxonaga yetkazildi. Yana bir o‘g‘il — 13 yoshli Avraam amakivachchasi bilan birinchi qavatda tunagandi. Ular yong‘in signalizatsiyasi ovozini eshitib, ko‘chaga yugurib chiqdi va omon qoldi. 

Xabar gazetada e’lon qilingan payt Yozef Azan hushsiz holatda edi. Uning turmush o‘rtog‘i va uch farzandi jasadi qaynotasi istiqomat qiladigan Isroilga jo‘natildi. 

Опубликовано: admin (20-12-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют