» » O‘zbekiston va Belarus 2020-yilga kelib tovar aylanmasini 500 mln dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Belarus 2020-yilga kelib tovar aylanmasini 500 mln dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda


O‘zbekiston va Belarus 2020-yilga kelib tovar aylanmasini 500 million dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Belarus bosh vazirining o‘rinbosari Mixail Rusiy ma’lum qildi, deb xabar berdi 1News.

“2017-yil 9 oyi yakuni bo‘yicha o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 100 million dollardan oshdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yuqori ko‘rsatkich. Oldimizda jiddiy vazifa turibdi — 2020-yilga kelib 500 million dollar tovar aylanmasini ta’minlash. Biz uchinchi davlatlar bozorlarida birgalikda ishlashimiz lozim”, — dedi Rusiy.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov mazkur vazifani amalga oshirish uchun ikki tomon tig‘iz ishlashi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishini qayd etdi.

Minskda O‘zbekiston va Belarus hukumatlararo komissiyasining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tomonlar qishloq xo‘jaligi, qurilish, sog‘liqni saqlash, yengil va oziq-ovqat sanoati sohasida, mintaqalar va ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirishga asosiy e’tibor qaratdi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют