» » Toshkent shahrida 19-dekabr kuni 122 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi

Toshkent shahrida 19-dekabr kuni 122 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi


Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 19-dekabr kuni “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan ishlar davomida jami 2936 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 32 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 51 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 40 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 65 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 404 ta odam tashish qoidalarini buzish, 186 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 9 ta bo‘ysunmaslik, 904 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.

Jami 122 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют