» » Dunyo bo‘yicha tabiiy va texnogen ofatlardan ko‘rilgan zarar 300 mlrd dollardan oshdi

Dunyo bo‘yicha tabiiy va texnogen ofatlardan ko‘rilgan zarar 300 mlrd dollardan oshdi


Dunyo bo‘yicha tabiiy va texnogen ofatlardan ko‘rilgan umumiy iqtisodiy yo‘qotishlar summasi o‘tgan yilga nisbatan 63 foizga oshdi va 306 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Shveysariyaning Swiss Re sug‘urta jamiyati ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“AQSh ‘Xarvi’, ‘Irma’ va ‘Mariya’ dovullari tufayli eng ko‘p jabr ko‘rdi. Mamlakatda 2017-yildagi dovullar mavsumi 2005-yildan beri eng xarajatlisi bo‘ldi”, — qayd etdi jamiyat ekspertlari.

O‘z navbatida, iqtisodiy yo‘qotishlarga qaramay, joriy yilda insonlar o‘rtasidagi qurbonlar soni o‘tgan yilgidan deyarli farq qilmagani bildirilmoqda.

“2017-yilda falokatlar oqibatida butun dunyoda 11 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi. Bu taxminan 2016-yil darajasidagi raqam”, — ma’lum qildi Swiss Re.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют