» » Toshkentda firibgarlik uchun sud belgilagan jazodan qochib yurgan ikki kishi qo‘lga olindi

Toshkentda firibgarlik uchun sud belgilagan jazodan qochib yurgan ikki kishi qo‘lga olindi


Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent va Sirdaryo viloyatidan kelib, u yerda o‘zlariga belgilangan jazodan qochib yurgan ikki kishini ushladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

“Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ‘Tozalash-antiterror’ tadbiri davomida 1972-yilda tug‘ilgan Muxamedov Bexzod Ozodovich va 1989-yilda tug‘ilgan Irismetov Nuriddin Fazliddinovichlar daydilikda gumonlanib Toshkent shahar IIBB Reabilitatsiya markaziga olib kelingan”, — deyiladi xabarnomada.

B.O. Muxamedov tekshirilgan vaqtda, u muqaddam JKning 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan sudlanganligi va jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Olmaliq tuman sudining ajrimiga asosan, unga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganligi, biroq B.O. Muxamedov jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab, ro‘yxatdagi manzilida yashamasdan, Toshkent shahri hududida yurganligi aniqlangan.

Shuningdek, N.F. Irismetov tekshirilgan vaqtda, u muqaddam JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan sudlanganligi va jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati, Sardoba tuman sudining ajrimiga asosan unga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganligi, biroq N.F. Irismetov jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab, Toshkent shahri hududida yurganligi aniqlangan.

Hozirda ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют