» » Turkiya AQShni BMT Bosh Assambleyasining Quddus bo‘yicha maxsus sessiyasi arafasida boshqa davlatlarga bosim o‘tkazishda aybladi

Turkiya AQShni BMT Bosh Assambleyasining Quddus bo‘yicha maxsus sessiyasi arafasida boshqa davlatlarga bosim o‘tkazishda aybladi


Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li AQShni BMT Bosh assambleyasining 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Quddus Isroil poytaxti sifatida tan olinishiga bag‘ishlangan maxsus sessiyasi arafasida boshqa davlatlarni cho‘chitish va tahdid qilishda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Yakkalanib qolgan AQSh tahdidlarga o‘tganidan xabarimiz bor. Ular ‘Biz kim va qanday ovoz berganini kuzatamiz, prezidentga ma’lum qilamiz, mamlakat nomini yozib qo‘yamiz’ demoqda. Ularni yozib nima qilasiz? Bu mamlakatlarni ham bosib olasizmi yoki jazolaysizmi? Davr o‘zgardi. O‘zini hurmat qiladigan hech bir davlat bunday bosimga yo‘l qo‘ymaydi, vijdonidan kelib chiqib qaror qabul qiladi. AQSh bunday uslublardan voz kechishi lozim”, — dedi Chovusho‘g‘li.

Vazir BMT Falastin xalqi manfaatlarini himoya qilishiga umid bildirdi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют