» » “Manchester Yunayted” quyi liga vakilidan mag‘lub bo‘lib, Angliya Liga Kubogidan chiqib ketdi

“Manchester Yunayted” quyi liga vakilidan mag‘lub bo‘lib, Angliya Liga Kubogidan chiqib ketdi


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining yarim finaliga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Chorak final faqatgina 1 ta kutilmagan natijani qayd etdi.

Joze Mourinyo boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” futbolchilarining “Bristol Siti” dovonidan oson o‘tishi aytilgandi. Amalda esa bunday bo‘lib chiqmadi. Shu kuni “Yunayted” o‘zining yulduzli tarkibi bilan harakat qilgan bo‘lsa-da, Chempionship Liga vakiliga imkoniyatni boy berdi.

O‘z sport formasini tiklab borayotgan Zlatan Ibrahimovichning hisob tenglashtiruvchi goli, qo‘shimcha daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Qayd etish kerak, “Bristol Siti” futbolchilari Chempionship Liganing 22-turidan keyin kuchli uchlikda borayotgan bo‘lib, APL sari yaqinlashib kelmoqda.

“Bristol Siti” bunga qadar “Plimut Argayl” (5:0), “Uotford” (3:2), “Stok Siti” (2:0), “Kristal Pelas” (4:1) klublarini turnirdan chiqarib yuborgandi. Endi ular qatoriga “Manchester Yunayted” ham qo‘shildi.

Kunning ikkinchi o‘yinida “Chelsi” qiyin g‘alabaga erishib, yarim finalga yo‘l oldi. Alvaro Morataning so‘nggi daqiqada urgan goli londonliklar uchun qo‘l keldi. Bir kun avval “Arsenal” hamda “Manchester Siti” futbolchilari ham yarim finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi.

Angliya Liga Kubogi

1/4 final o‘yinlari

20-dekabr, chorshanba

Gollar: Villian, 13 (1:0). Den Gosling, 90 (1:1). Alvaro Morata, 91+ (2:1).

Gollar: Jo Brayan, 51 (1:0). Zlatan Ibrahimovich, 58 (1:1). Kori Smit, 93+ (2:1).

Опубликовано: admin (21-12-2017, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют