» » Edin Jekoning noaniq penaltisi sabab “Roma” Italiya Kubogining chorak finalidan quruq qoldi

Edin Jekoning noaniq penaltisi sabab “Roma” Italiya Kubogining chorak finalidan quruq qoldi


Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining chorak finaliga yo‘llanma olgan sakkiz jamoa nomi aniq bo‘ldi. Ular orasida chempionlik uchun da’vogarlardan “Roma” yo‘q.

Rimlik futbolchilar bir o‘yindan iborat 1/8 finalda Turinning “Torino” klubiga imkoniyatni boy berdi. “Olimpiko”da kechgan o‘yinda Edin Jeko penaltidan aniq foydalana olmadi. Oqibatda “bo‘rilar” Italiya Kubogi bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi.

Bungacha “Inter”, “Fiorentina”, “Milan”, “Latsio”, “Napoli” kabi klublar chorak final chiptasini muvaffaqiyatli hal qilgandi. Kecha — 20-dekabr kuni ular qatoriga “Torino”dan tashqari “Atalanta” va “Yuventus” klublari ham qo‘shildi.

Italiya Kubogi

1/8 final

12-dekabr, seshanba

13-dekabr, chorshanba

Gollar: Xouma Babakar, 2 (1:0). Edgar Barreto, 39 (1:1). Jordan Veretu, 59-pen (2:1). Gaston Ramires, 77-pen (2:2). Jordan Veretu, 90-pen (3:2).

Gollar: Suso, 22 (1:0). Alessio Romanyoli, 30 (2:0). Patrik Kutrone, 55 (3:0).

14-dekabr, payshanba

Gollar: Chiro Immobile, 11 (1:0). Felipe Anderson, 24 (2:0). Agostino Kamilyano, 36-avt (3:0). Paolo Bartolomey, 41 (3:1). Chiro Immobile, 87 (4:1).

19-dekabr, seshanba

Gol: Lorentso Insinye, 71 (1:0).

20-dekabr, chorshanba

Gollar: Andreas Kornelius, 16 (1:0). Rafael Toloy, 33 (2:0). Rafael Toloy, 74-avt (2:1).

Chetlatish: Yasmin Kurtich, 89 (A).

Gollar: Lorentso De Silvestri, 39 (0:1). Simone Edera, 72 (0:2). Patrik Shik, 85 (1:2).

Noaniq penalti: Edin Jeko, 77 (R).

Gollar: Paulo Dibala, 42 (1:0). Gonsalo Iguain, 76 (2:0).

Chorak finalda muxlislar Turin va Milan derbilariga guvoh bo‘ladi. Reglamentga ko‘ra, yarim finaldan boshlabgina jamoalar uy-safar tizimida bellashadi.

Italiya Kubogi

1/4 final

“Latsio” — “Fiorentina” — 26-dekabr

“Milan” — “Inter” — 27-dekabr

“Napoli” — “Atalanta” — 2-yanvar

“Torino” — “Yuventus” — 3-yanvar

Опубликовано: admin (21-12-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют