» » Elektron hisob-faktura va elektron aktlar yoki hujjatlarni internet orqali qanday jo‘natish mumkin?

Elektron hisob-faktura va elektron aktlar yoki hujjatlarni internet orqali qanday jo‘natish mumkin?


Hozirgi kunda mamlakatimizda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining turli sohalariga AKTni tatbiq etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bu esa elektron hujjat almashishning hujjat tayyorlash va jo‘natishda vaqt tejalishi, materiallarning iqtisod qilinishi, kuryer xarajatlarining tejalishi, qulay izlash va elektron arxivga tezda kira olish kabi afzalliklari mavjudligi bilan izohlanadi.

Barchaga ma’lumki, yirik tashkilotlar shartnomalar tuzish va birinchi buxgalteriya hujjatlari, xususan hisob-faktura, ustamalar, aktlar almashish bilan bog‘liq muammolar bilan to‘qnash keladi.

Birlamchi hujjatlar bilan elektron almashinuvga o‘tish vaziyatni tubdan o‘zgartirgan bo‘lar edi.

O‘ylashimcha, yirik tashkilotlar rahbarlariga hisob-fakturalari va aktlarning ulkan to‘plamini o‘zaro shartnoma tuzgan tomonlarning har biriga jo‘natish uchun imzolash jarayoni yaxshi tanish.

Mavjud normativ baza kelishuv va shartnomalar tuzish, rasmiy va norasmiy yozishmalar, shuningdek birlamchi buxgalteriya hujjatlarini almashish uchun elektron hujjat almashinuvi imkoniyatini yaratadi. Biroq, elektron hujjat almashinuvining tashkilot ichida keng qo‘llanilishiga qaramay, amalda tashkilotlar aro hujjatlarni elektron yuborish tajribasi mavjud emas.

Elektron hujjat almashinuvi vaziyatni optimallashtiribgina qolmay, qonunchilikda ko‘zda tutilgan barcha huquqlardan foydalanish imkonini ham beradi.

Qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar O‘zbekistondagi elektron hujjat almashinuvi imkoniyatlarini yangi sifatli darajaga ko‘taradi va elektron hujjat almashinuvi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi axborot vositachilari faoliyatini dolzarblashtiradi.

Yuridik ahamiyatga ega elektron almashinuv tizimi bo‘lgan Faktura.uz axborot vositachisi hisoblanadi.

Bu yuridik shaxslar o‘rtasidagi elektron hujjat almashinuvini tashkil etishda yangi yo‘nalishdir.

Birlamchi buxgalteriya hujjatlarini elektron almashinuviga o‘tish standart ish tajribasini qayta ko‘rib chiqishni talab etmaydi.

Hozirda bir qancha ichki jarayonlar murakkab tuyulishiga qaramay, elektron almashinuvga o‘tish moliyaviy hisobga olish va buxgalteriyani avtomatlashtirish jarayonida kuzatilgani kabi ularni soddalashtirishga ko‘maklashadi.

Bu ishda axborot vositachilari o‘z xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanadigan axborot tizimlarini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega.

Misol uchun, Faktura.uz’da mijozlar elektron hujjatlarni imzolash va ularni elektron raqamli imzo yordamida imzolash, hujjatlarni hamkorlarga jo‘natish va shuningdek, ularni jo‘natish va yetib borishini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hozirgi kunda tizimda 3000 dan ortiq o‘rta va kichik biznes subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan, shuningdek Uzmobile, Ucell, Beeline milliy operatorlari kabi yirik tashkilotlar, yagona umumrespublika protsessing markazi va 25 dan ortiq tijorat banklari bilan integratsiyalash tizimi olib borilmoqda.

Integratsiya tashkilotlarga kelishiv, har oyda birlamchi buxgalteriya hujjatlarini jo‘natish va imzolash jarayonini soddalashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, Faktura.uz hujjat almashinuv tizimini buxgalteriyaga oid dasturlar, asosan 1C va turli tahkilotlarning billingli tizimlari bilan integratsiya qilish ham muhim hisoblanadi.

Buning uchun 1C dasturining yettinchi va sakkizinchi talqinlarini kengaytirish modullari tayyorlangan.

Foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida Faktura.uz korporativ plastik kartalar va POS terminallar bo‘yicha mablag‘ qabul qilishni monitoring qilish bo‘yicha yangi xizmatlarni taqdim etadi.

Korporativ plastik kartalarni monitoring qilish ular biriktirilgan yuridik shaxslar tomonidan ishlatilishi bo‘yicha o‘z vaqtida axborot olish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega cheklarni elektron ko‘rinishda olish imkonini beradi.

Web-sayt: faktura.uz

Bog‘lanish uchun telefon raqami: +998 71 200 00 13

Reklama huquqlari asosida!

Опубликовано: admin (21-12-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют