» » Islom Karimov haqida ilmiy risola chop etildi

Islom Karimov haqida ilmiy risola chop etildi


O‘zbekiston imijini shakllantirishda Islom Karimovning o‘rni qanday bo‘lgan? Beruniy Alimovning “Istiqlolga boshlagan darg‘a. Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov siymosiga chizgilar” nomli asarida aynan shu savol ustida tadqiqot olib borilgan, deb yozadi “Telegraf.uz”.

 Mazkur asar  – “Jahon media makonida O‘zbekiston imiji masalalari” bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot doirasida  yaratilgan.

Unda mamlakat media nufuzining shakllanishida Birinchi Prezident I.Karimovning roli uning milliy va xorijiy OAV vakillari bilan uchrashuvlari, intervyulari asosida tahliliy tarzda o‘rganilgan. Respublika o‘ziga xos rivojlanish yo‘lidan davlat Birinchi rahbarining bevosita rahnamoligida dadil qadamlar bilan borganligi jahon ommaviy axborot vositalarida atroflicha yoritildi, deyiladi risolada.

Mustaqil davlat imijini yaratish, shakllantirish va rivojlantirishda tarixiy shaxsning o‘rni, ahamiyati haqida so‘z yuritilar ekan, albatta, uning milliy va xorijiy OAV vakillari bilan uchrashuvlari, intervyularini alohida o‘rganish, tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ilmiy-ommabop risolada davlat rahbarining mamlakat media imijini shakllantirishdagi muhim omil ekanligi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov faoliyati misolida o‘rganilgan.

Kitob OAV vakillari, axborot xizmatlari xodimlari, jurnalistika fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchi - mutaxassislarlar va  mazkur soha bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют