» » Temir yo‘l transporti xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun senat tomonidan ma’qullandi

Temir yo‘l transporti xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun senat tomonidan ma’qullandi


2017-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida ushbu tarmoqda tahsinga loyiq natijalarga erishildi. Temir yo‘l transporti tarmoqlari – bu iqtisodiyotning qon tomirlari bo‘lib, ular yordamida mamlakatda yuk va yo‘lovchi tashish, shuningdek, temiryo‘l tashuvlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha diqqatga molik ishlar bajarilmoqda.

Bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida 73 ming nafar yuqori malakali xodim faoliyat yuritmoqda. Muhandis-texniklar va mutaxassislar, yo‘l xizmati xodimlari, vagon mashinistlari va kuzatuvchilari, sanoat, loyihalashtirish va qurilish tashkilotlari xodimlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlarining ishchi va xizmatchilari, sohaning mehnatsevar xodimlari shular jumlasidandir.

Ular mehnati tufayli o‘tgan yillar mobaynida temir yo‘l transporti xodimlari tomonidan 1,1 ming kilometdan ortiq temir yo‘llar yotqizildi, 4 ming kilometrdan ortiq temiryo‘l magistrallari modernizatsiya qilindi, 1,7 ming kilometr temir yo‘l uzellari elektrlashtirildi, 1,4 milliard tonna yuk tashildi, shuningdek, 350 milliondan ortiq yo‘lovchi manzillariga yetkazildi.

Temir yo‘l transportining turli tarmoqlari xodimlari faoliyatining o‘ta murakkab va muhimligini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi qonuni avgust oyining birinchi yakshanbasini O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kuni deb belgilaydi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi

Опубликовано: admin (21-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют