» » Senat Yevroittifoq bilan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga bayonnomani ratifikatsiya qildi

Senat Yevroittifoq bilan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga bayonnomani ratifikatsiya qildi


2017-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar “Xorvatiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan, Yevropa Hamjamiyatlari hamda ularga a’zo-davlatlar, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sheriklik ta’sis etuvchi Sheriklik va Hamkorlik to‘g‘risida Bitimga Bayonnomani (Bryussel, 2017-yil 17-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

1996-yil 21-iyunda Florensiyada imzolangan Yevropa Hamjamiyatlari bilan Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (ShHB) O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ShHB qoidalari O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining 27 ta a’zo-davlati o‘rtasidagi hamkorlikka tatbiq etiladi.

Bayonnoma Xorvatiya Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi munosabati bilan Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va u bilan bog‘liq boshqa hujjatlarning Xorvatiya Respublikasi tomonidan tasdiqlanishini nazarda tutadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют