» » Senatorlar soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi

Senatorlar soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi


2017-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 18-iyuldagi farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qonun hujjati soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirishga, soliq solish bazasini kengaytirishga, soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy usullarini joriy etishga qaratilgan.

Qonunga muvofiq Soliq kodeksi halol soliq to‘lovchilarga soliq solishga doir joriy masalalarni hal qilishda har tomonlama ko‘mak berish orqali ular va soliq organlari o‘rtasida kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutadigan soliq monitoringi joriy etilishini belgilab beruvchi yangi “Soliq monitoringi” bobi bilan to‘ldirilmoqda.

Shuningdek, qonun bilan Fuqarolik kodeksi va “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan va muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi natijasida yuzaga kelgan soliq qarzdorligiga ega bo‘lgan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirgan jismoniy shaxslarga bankrotlikning qo‘llanishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Soliq kodeksiga hamda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda Internet tarmog‘ida savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasida soliq nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.

“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlar bilan soliq to‘lovchi vakolatli organlarga murojaat qilgan sanadan boshlab 15 ish kuni davomida ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish tartibi o‘rnatilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют