» » O‘zbekistonda jismoniy shaxslar mol-mulki solig‘ini hisoblash tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar mol-mulki solig‘ini hisoblash tartibi qayta ko‘rib chiqiladi


2018-yildan jismoniy shaxslar mol-mulki solig‘i mol-mulkning inventarizatsion qiymati o‘rniga, kadastr bahosi bo‘yicha hisoblanadi. To‘lovlar 20—25 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda 20-dekabr kuni Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Yangi tartib jismoniy shaxslar ko‘chmas mulklarini bozornikiga yaqin narxda soliqqa tortish maqsadlarida baholashni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga, soliq stavkasi 1,7 foizdan 0,2 foizgacha pasaytiriladi.

Moliya vaziri ta’kidlashicha, bugungi kunda soliqni hisoblash uchun qo‘llaniladigan inventarizatsion qiymat 1991-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, bozordagi joriy vaziyatni aks ettirmaydi.

U misol keltirdi: Toshkentning Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasidagi  1999-yilda qurilgan to‘qqiz qavatli panel uyda 78 kv. m maydonli uch xonali xonadonning inventarizatsion qiymati 11 million so‘mni tashkil qiladi. Hamma tushunadiki, nafaqat Toshkentda, balki O‘zbekistonning hech bir tumanida xonadonni bunday narxga sotib olish va sotish mumkin emas, dedi Jamshid Qo‘chqorov.

“Agar o‘sha uch xonali xonadonning inventarizatsion qiymati hozir 11 million so‘m bo‘lsa, kelasi yildan uning 113 million so‘mga baholangan kadastr qiymati hisobga olinadi. 2017-yilda ushbu xonadon bo‘yicha mol-mulk solig‘i 190 ming so‘m bo‘lgan, endi esa u 227 ming so‘mga teng bo‘ladi, ya’ni o‘sish bor-yo‘g‘i 37 ming so‘mni yoki 20 foizni tashkil qiladi, bu kutilayotgan inflyatsiya darajasiga to‘g‘ri keladi”, — dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, soliq stavkasi hududlarning rivojlanganlik darajasidan kelib chiqib turlicha bo‘ladi. Masalan, Xorazm viloyatida ko‘chmas mulk obyektiga soliq Toshkentdagi shunday obyektga nisbatan o‘rtacha ikki barobar pastroq bo‘ladi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют