» » Apple eski iPhone’larning ishlashini ataylab sekinlashtirayotganini tan oldi

Apple eski iPhone’larning ishlashini ataylab sekinlashtirayotganini tan oldi


Apple eski iPhone’larning ishlashi sekinlashgani haqidagi ayblovga javob berdi. Kompaniya protsessorlarning chastotalarini ataylab pasaytirayotganini tan oldi. Bu haqda TechCrunch nashriga tayanib, TJournal xabar berdi.

Kompaniyadagilarning aniqlik kiritishicha, Apple’ning maqsadi — foydalanuvchilarga “yuqori tezlikda ishlovchi va egasiga uzoq vaqt xizmat qiluvchi eng yaxshi tajribani” taqdim etishdan iborat. Protsessorlarning sekinlashuvi litiy-ionli akkumulyatorlar tabiati bilan izohlandi. Ushbu akkumulyatorlar yuqori va past haroratga bardoshli emas.

Litiy-ionli batareyalar sovuq sharoitda quvvatni yomonroq saqlay boshlaydi va sovuq sharoitda ularni keskin yo‘qotadi. Shu sababli qurilmalar elektron qismlarini himoya qilish maqsadida to‘satdan o‘chishi mumkin.

O‘tgan yili kutilmagan o‘chishlarning oldini olish uchun ushbu funksiyani (protsessor chastotasini pasaytirish) iPhone 6, iPhone 6s va iPhone SE’ga qo‘shgan edik. Yaqin kunlarda u iPhone 7’ning yangilangan iOS 11.2 versiyasida ham paydo bo‘ladi.

Apple bayonoti

Shuningdek, Apple vakillari kelajakda ushbu funksiyani kompaniyaning boshqa mahsulotlariga ham qo‘shish niyati bor ekanligini ma’lum qildi.

TechCrunch muharriri Mettyu Panzarinoning ta’kidlashicha, Apple bu orqali iPhone’dagi batareyalarning uzoqroq xizmat qilishini ta’minlaydi: smartfon o‘ziga ortiqcha jiddiy energiya kerak bo‘lmasligi uchun protsessor faolligini chegaralaydi.

11-dekabrda Reddit foydalanuvchilari batareyasi almashtirilgan iPhone’lar tezroq ishlashini payqab qolgan edi. TeckFire nikli foydalanuvchi smartfonning bitta modelini eski va yangi akkumulyatorlar bilan sinovdan o‘tkazib ko‘rdi va Apple sun’iy ravishda eski qurilmalarning tezligini kamaytirmoqda degan xulosaga keldi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют