» » Oliy Liganing “Qizilqum”, “So‘g‘diyona” va “Sho‘rtan” klublari OFKning litsenziyalash talablarini bajara olmadi

Oliy Liganing “Qizilqum”, “So‘g‘diyona” va “Sho‘rtan” klublari OFKning litsenziyalash talablarini bajara olmadi


O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasi uchun harakat qildi. Shulardan 4 tasi o‘z maqsadiga yeta olmadi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.

O‘tgan mavsumni quyi ligada o‘tkazib, uning yakuniga ko‘ra Super Ligaga yo‘llanma olgan Quvasoyning “Sementchi” futbol klubi litsenziyalash talablarini to‘g‘ri bajargan. Uning qatorida “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Qo‘qon-1912”, “Mash’al”, “Olmaliq”, “Metallurg”, “Dinamo”, “Neftchi” va “Navbahor” klublari ham Osiyo futbol konfederatsiyasining talablarini bajarishga erishgan.

Navoiyning “Qizilqum”, “Jizzaxning “So‘g‘diyona”, Toshkentning “Obod” hamda G‘uzorning “Sho‘rtan” klublari esa aksincha, litsenziyalash talablaridan o‘ta olmagan.

Avvalroq O‘zbekiston Super Ligasida 12 ta klub qolishi aytilgan bo‘lib, bunda litsenziyalash talablari birinchi planga olib chiqilishi borasida ma’lumot berilgandi. OFK talabidan 13 ta klub o‘tgani inobatga olinsa, endi navbat O‘FFning litsenziyalash masalasiga yetib keladi. Yuqori divizionda qaysi klublarning ishtirok etishi aynan shu holatdan kelib chiqadi.

OFK litsenziyalashidan o‘ta olmagan klublar esa xalqaro maydonda ishtirok etmasligidan kelib chiqib, bu haqda qayg‘urmasa ham bo‘ladi, qabilida fikr bildirgan “Qizilqum” klubi bosh murabbiyi Hamid Aktamov “Championat.asia” nashriga bergan intervyusida.

Qayd etish kerak, litsenziyalash masalasini bir chetga surib turganda Samarqandning “Dinamo”, Jizzaxning “So‘g‘diyona”, Farg‘onaning “Neftchi” va G‘uzorning “Sho‘rtan” klublari Oliy Ligadan tushib ketgandi, “Obod” esa chempionatdan chetlashtirilgan.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют