» » Eronda sobiq vitse-prezident 63 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Eronda sobiq vitse-prezident 63 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi


Eron sudi mamlakat sobiq vitse-prezidenti Hamid Reza Bakaiyga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda ISNA agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”. U 63 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Mansabdor vakolatlarini suiiste’mol qilish va davlat mablag‘larini qonunga xilof sarflashda ayblandi. U vitse-prezident lavozimini 2009-yildan 2013-yilgacha egallagan. Shu bilan bir paytda 2011-yildan mamlakat prezidenti ma’muriyatini boshqargan.

The Washigton Post’ning aniqlik kiritishicha, u 2015-yilda hibsga olingan, biroq keyinroq tergov davomida ozodlikka chiqarilgan. 2017-yilning mayida u prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga uringan, biroq uning nomzodi rad etilgan. Keyinroq, iyul oyida u yana hibsga olingan.

Bakaiy o‘z lavozimini Mahmud Ahmadinajod prezidentligi davrida egallagan. “Ashark al-Ausat” gazetasining ma’lum qilishicha, Bakaiyga qarshi ish Ahmadinajod va Eron sud tizimi rahbari Sadeh Larijaniy o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liq.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют