» » 2018-yilda “Samsung Nukus” zavodida 60 mingta televizor va 100 mingta changyutgich ishlab chiqariladi

2018-yilda “Samsung Nukus” zavodida 60 mingta televizor va 100 mingta changyutgich ishlab chiqariladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida yirik va kichik korxonalar tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edi, deb xabar beradi O‘zA.

Prezident tashabbusiga javoban “Artel” kompaniyasi tomonidan Nukus shahridagi sobiq “Nukus Remmash” MChJga qarashli bino va inshootlar qayta ta’mirlanib, zamonaviy qiyofaga keltirildi. Bu yerda Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi bilan hamkorlikda olti oyda “Samsung Nukus” zavodi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

“Samsung Nukus” zavodida ishlab chiqarilayotgan televizor va changyutgichlar ham qo‘shni mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Korxona mutasaddilari bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun bu yerda Samsung brendi ostida 4 turdagi televizor, 13 turdagi changyutgichlar ishlab chiqarilmoqda.

Istiqboldagi rejalarga ko‘ra, 2018-yil yangi turdagi 60 ming dona televizor va 100 ming dona changyutgich tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi, mahalliylashtirish darajasi 60 foizga tenglashadi. Bundan tashqari, yiliga 100 ming dona mikroto‘lqinli pech ishlab chiqarish bo‘yicha ham ishlar boshlab yuborilgan.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют