» » Po‘lat Bobojonov Senat majlisida joriy yilda O‘zbekistonda sodir etilgan jinoyatlar 2016-yilgiga nisbatan pasayganini ma’lum qildi

Po‘lat Bobojonov Senat majlisida joriy yilda O‘zbekistonda sodir etilgan jinoyatlar 2016-yilgiga nisbatan pasayganini ma’lum qildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risida axborot berdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Oliy Majlisi Senati tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari ustidan kuchli jamoatchilik va parlament nazoratini o‘rnatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi. .

Ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘in bo‘linmalarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar hamda sektorlarda samarali ishni tashkil etish, aholining eng muhim muammolarini yechish orqali ularning ishonchini oqlash va jamoatchilik kuchidan ko‘proq foydalanilishi natijasida respublika hududida jinoyatlarning kamayishiga erishildi.

Jumladan, joriy yilda O‘zbekistonda jinoyatlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11 ming 788 taga, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar 5 ming 722 taga pasaygan. Ularni turlari bo‘yicha tahlil qilinadigan bo‘lsa: qotillik 122 taga, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish 94 taga, nomusga tegish 92 taga, bosqinchilik 78 taga, talonchilik 142 taga, o‘g‘irlik 511 taga, firibgarlik 107 taga, bezorilik 848 taga, transport vositalarni olib qochish 17 taga kamaygan.

Profilaktika inspektorlariga samarali xizmat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani ularning xizmat samaradorligi oshishiga zamin yaratmoqda. Joriy yilda mamlakatning 1 ming 79 mahallasida bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Eng muhimi, Xorazmda “Jamoatchilik nazorat maskanlari” yo‘lga qo‘yilgani evaziga mavjud mahallalardan 25 foizi, Namangan shahri Orzu mahallasidagi ijobiy tajribadan samarali foydalanilishi natijasida viloyatning 20 foiz mahallasi jinoyatdan holi hududga aylantirilishiga erishildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 107, Surxondaryoda 139, Jizzaxda 53, Navoiyda 52, Andijonda 126 mahallada jinoyat sodir etilmadi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют