» » Toshkent shahrida Yangi yil bayrami oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda

Toshkent shahrida Yangi yil bayrami oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kasb tayyorgarligi markazi saf maydonida Yangi yil bayrami tantanalari va Prezident archasi tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish davrida jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda noxush holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida soha xodimlari tomonidan maxsus reydlar o‘tkazilmoqda.

Yo‘l-patrul xizmati maskanlarida avtotransport vositalari qat’iy tekshiruvdan o‘tkazilayotgani, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar atrofidagi yo‘llarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandlikning oldini olish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlanadi xabarda.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют