» » “O‘zstandart” agentligi dehqon bozorlaridagi tarozidan foydalanish holatini tahlil qildi

“O‘zstandart” agentligi dehqon bozorlaridagi tarozidan foydalanish holatini tahlil qildi


“O‘zstandart” agentligi tomonidan respublikaning barcha dehqon bozorlaridagi tarozi va tarozi toshlaridan foydalanishning bugungi holati tahlil qilindi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonda jami dehqon bozorlari soni 280 tani tashkil etib, shundan savdo o‘rinlarining soni esa 115 505 tani tashkil etadi. Shundan tarozi talab etiladigan savdo o‘rinlari soni 47 754 tani tashkil etadi. O‘rganishlar natijasida hozirgi kunda dehqon bozorlarida 17 847 dona tarozilardan foydalanilayotgani aniqlandi.

Viloyatlarning dehqon bozorlarida yetishmaydigan tarozilarni xarid qilish va mexanik tarozilarni yangilash maqsadida zamonaviy elektron tarozilarni 2017-yilda xarid qilish rejalari ishlab chiqildi va viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlandi.

Ushbu rejalarga ko‘ra, joriy yilda jami 7 859 dona elektron tarozilarni xarid qilish belgilangan bo‘lsa-da, bugungi kun holatida esa jami 2 455 dona ya’ni (31,2 %) xarid qilingan.

Xabarda qayd etilishicha, agentlikning hududiy markazlari tomonidan dehqon bozorlari ma’muryatiga bir necha bor murojaat etilgan, biroq bozor ma’muriyati tarozilarni xarid qilish ishlariga befarq munosabatda bo‘lmoqda.

“Masalan, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida faoliyat yuritayotgan dehqon bozorlarida viloyat hokimliklari tomonidan rejalar tasdiqlangan bo‘lishiga qaramay, zamonaviy tarozilarni xarid qilish rejasi bajarilmadi”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют