» » “O‘zavtosanoat” GM’ning Sankt-Peterburgdagi sanoat maydonchasiga qiziqish bildirmoqda

“O‘zavtosanoat” GM’ning Sankt-Peterburgdagi sanoat maydonchasiga qiziqish bildirmoqda


Amerikaning General Motors avtomobil konserniga tegishli Sankt-Peterburgdagi sanoat maydoniga bir nechta kompaniyalar qiziqish bildirmoqda, ular qatorida BMW va “O‘zavtosanoat” ham mavjud. Bu haqda shahar gubernatori Georgiy Poltavchenkoga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

GM Sankt-Peterburgdagi zavodini 2008-yilning noyabrida foydalanishga topshirgan. Bu yerda Chevrolet Cruze, TrailBlazer, Opel Astra va Cadillac’ning bir nechta modellari chiqarilgan. 2015-yilning 18-martida GM Rossiya bozoridan Opel brendini olib chiqib ketishini, 2015-yilning o‘rtasida esa Peterburgdagi zavod ishini vaqtincha to‘xtatishini ma’lum qilgan. Zavodda mingga yaqin xodim ishlagan.

“O‘zbekiston rostdan ham General Motors’ning maydonchasiga katta qiziqish bildirmoqda. Biroq ushbu obyekt borasida boshqa bir qator takliflar ham tushgan. Jumladan, ular orasida BMW hamda Belarus firmasi ham bor. Hozircha u yerda aniq kim ishlashini aytish juda erta. Hal qiluvchi qarorni General Motors qabul qiladi”, — dedi gubernator.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют