» » Hindistonda yovvoyi yo‘lbars tufayli to‘y mehmonlari tomga chiqib jon saqladi (video)

Hindistonda yovvoyi yo‘lbars tufayli to‘y mehmonlari tomga chiqib jon saqladi (video)


Hindistonning Madxya-Pradesh va Maxarashtra shtatlari chegarasida joylashgan Masulxapа qishlog‘i aholisi yovvoyi yo‘lbarsdan jon saqlash uchun tomga chiqib oldi. Bu haqda UPI xabar bermoqda.

Yirtqich qishloqda to‘y o‘tkazilayotgan paytda paydo bo‘ldi. Mehmonlar sarosimada uy tomiga yashirindi va yo‘lbars hovlida idishlar turgan stollar orasida kezib yurganini kuzatdi. Biroz vaqtdan so‘ng u o‘rmonga ketdi.

Mehmonlardan biri hayvonni videoga oldi. Kadrda sarosimali ovozlarni eshitish mumkin.

Madxya-Pradesh va Maxarashtra o‘rmon boshqarmasi vakillari yo‘lbarsni qo‘shni aholi punktida payqagandan so‘ng kuzatib turganligini ta’kidlamoqda. Mutaxassislar fikricha, yo‘lbars yosh turdoshiga hudud uchun kurashni boy bergan. Shundan so‘ng u aholi zich joylarga kelishga majbur bo‘lgan.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют