» » Farg‘onada jurnalistlarning “Chimyon” o‘quv-medialageri tashkil etildi

Farg‘onada jurnalistlarning “Chimyon” o‘quv-medialageri tashkil etildi


Farg‘onadagi “Chimyon” sihatgohida jurnalistlarning “Harakatlar strategiyasi: islohotlar jarayoni va OAV” mavzusidagi o‘quv-medialageri tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. 

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi NTT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan va yettinchi bor o‘tkazilayotgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan 100 dan ortiq jurnalist ishtirok etmoqda.

Seminarni Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov olib bormoqda. Uyushma raisi Sa’dulla Hakimov “O‘zbek matbuoti oldidagi dolzarb vazifalar va jurnalist mas’uliyati” mavzusida so‘z yuritdi. 

“Tashqaridan nazar: tahlil va taklif” yo‘nalishida ilk bor xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan o‘zbek jurnalistlariga fikr-mulohazalarini bildirish imkoniyati yaratildi. Tadbirda “Amerika ovozi” radiosi muharriri Navbahor Imomova o‘z videoma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Turkiyaning Anadolu agentligi muxbiri Baxtiyor Abdukarimov esa hamkasblari bilan bevosita muloqotda bo‘ldi. 

“Matbuotda, ochiqlik, oshkoralik, hozirjavoblikning o‘rni va ahamiyati” mavzusida Xalqaro press klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev videoma’ruza qildi. Shuningdek, medialagerda ishtirok etayotgan mahalliy gazetalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Bir hafta davom etadigan tadbirning keyingi kunlarida O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Ahmadjon Meliboyev, “Jamiyat” gazetasi bosh muharriri Behzod Shukurov, “Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri Chori Latipov, shuningdek, xorijiy OAV vakillari chiqishlari kutilmoqda. 

Опубликовано: admin (21-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют