» » Urganchlik fuqaroning uyidan sifat sertifikati bo‘lmagan 570 mln so‘mlik dori-darmon vositalari topildi

Urganchlik fuqaroning uyidan sifat sertifikati bo‘lmagan 570 mln so‘mlik dori-darmon vositalari topildi


Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda fuqaro Sobir Hasanovning (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Samarqand viloyatidan noqonuniy ravishda dori-darmon vositalarini viloyatga olib kelib, sotayotgani aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘rganishlar davomida S.Hasanov Urganch tumanidagi Mutavalli mahallasidagi uylarning birida noqonuniy savdo bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Xabarda qayd etilishicha, uyning uchta xonasi dori-darmon vositalarini saqlaydigan omborxonaga aylantirilgan.

Tezkor reyd davomida ushbu xonadonda 459 turdagi qariyb 570 million so‘mlik kirim hujjati va sifat sertifikati bo‘lmagan dori-darmon vositalari mavjudligi aniqlandi.

O‘rganishlar 14 dori vositasining yaroqlilik muddati o‘tganini ko‘rsatdi.

“Soxta tadbirkorlik yo‘lini tanlagan fuqaro o‘z faoliyati yuzasidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, davlatga soliq to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashga harakat qilgan hamda biror marta soliq to‘lovlarini amalga oshirmagan”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют