» » Tojikiston maktablarida Yangi yil archasi o‘rnatish taqiqlandi

Tojikiston maktablarida Yangi yil archasi o‘rnatish taqiqlandi


Tojikiston ta’lim va fan vazirligi o‘rta maktablarda Yangi yil archalarini o‘rnatishni qat’iyan taqiqladi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

Idora vakillariga ko‘ra, bu qaror ota-onalar iltimosiga binoan maktablarda bayram tadbirlari uchun pul yig‘ilishiga va umuman ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilingan.

“Ko‘plab ota-onalar vazirlikning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib, ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikni, maktablarda Yangi yil archalarining o‘rnatilishini taqiqlashni so‘radi. Biz shu asosda qaror qabul qildik”, — deb vaziyatga izoh berdi idora vakili Abdujabbor Aliyev.

Shu bilan birga, yoshlar tuman va shaharlarda o‘tkaziladigan Yangi yil tantanalarida ishtirok etishi mumkinligi ta’kidlandi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют