» » Abdulaziz Komilov Kobulda bo‘lib, Ashraf G‘ani bilan qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

Abdulaziz Komilov Kobulda bo‘lib, Ashraf G‘ani bilan qo‘shma loyihalarni muhokama qildi


21-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘onistonda bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning afg‘onistonlik hamkasbi Muhammad Ashraf G‘ani bilan 4–6-dekabr kunlari Toshkent shahrida erishgan kelishuvlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Kobul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralarda hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi “Arg” saroyida Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi. Afg‘oniston rahbari tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston – Afg‘oniston muloqotini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Ta’kidlanganidek, Surxon – Puli Humri elektr uzatish tarmog‘i va Mozori-Sharif – Shibirg‘on – Maymana – Hirot temir yo‘lini birgalikda qurilishi, O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda boshqa yirik loyihalarni tadbiq etish Afg‘oniston uchun strategik ahamiyat kasb etadi.

Kobul shahrida Abdulaziz Komilov Afg‘oniston milliy birdamlik hukumatining ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy, moliya vaziri Eklil Hakim, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Afg‘onistonning qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют